Tezkor
•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumi o'z ishini boshladi

Toshkent shahrida o'tayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumida mintaqada ta'lim sohasidagi hamkorlik va islohotlar muhokama qilinmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro ta'lim forumi o'z ishini boshladi. Anjumanda mintaqa mamlakatlari o'rtasida o'zaro ishonch, yaxshi qo'shnichilik va amaliy sheriklik muhiti mustahkamlanib borayotgani, bu borada ta'lim yo'nikishidagi hamkorlik g'oyat muhim ekani ta'kidlandi.

Demografik salohiyat va islohotlar

Jahon banki prognozlariga ko'ra, 2026-yilda Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 5,8 foizga o'sishi kutilmoqda. Qariyb 85 million aholi yashaydigan mintaqaning eng katta boyligi bilimga chanqoq yosh avlod ekanligi, ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishning eng samarali yo'li sifatli va zamonaviy ta'lim ekanligi qayd etildi.

O'zbekistonda ta'lim sohasidagi o'zgarishlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylantirilgan. Yaqinda qabul qilingan Farmon bilan maktabgacha va maktab ta'limi, kasbiy hamda oliy ta'lim va ilm-fan boshqaruvi yagona tizimga birlashtirildi. Bu boshlang'ich ta'limdan tortib yetuk mutaxassis bo'lib shakllanish davrigacha bo'lgan bosqichlarning uzviy bog'liqligini ta'minlaydi.

Kelgusidagi ustuvor vazifalar

Zamon shiddat bilan o'zgarib borayotgani sababli kelgusi o'n yilda ko'plab kasb-hunarlarga munosabat o'zgarishi va mutlaqo yangi ixtisosliklar paydo bo'lishi kutilmoqda. Shu bois ta'lim tizimi yoshlarda mustaqil fikrlash, ijod qilish va butun umr davomida o'rganib yashash ko'nikmalarini shakllantirishi zarur.

Forumda quyidagi yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratildi:

  • O'qituvchi va murabbiylarning rolini oshirish hamda ta'lim mazmunini yangilash;
  • Maktab, texnikum, universitet va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
  • Qizlar, qishloq va chekka hududlardagi bolalar hamda alohida ta'limga ehtiyoji bor yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish;
  • Sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalar va muhandislik yo'nalishlarini rivojlantirish, universitetlarni ilmiy ishlanmalar markaziga aylantirish.

Global muammolarga yechim topish uchun universitetlar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo'shma ta'lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni ko'paytirish hamda talaba va olimlar almashinuvini qo'llab-quvvatlash muhimligi ta'kidlandi. Strategik maqsad – Markaziy Osiyoni ilm-ma'rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdan iborat.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi