Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi va yangi o'quv yilidan ish boshlaydi

Prezident qaroriga asosan Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy ta'lim tashkiloti sifatida ish boshlaydi.

TTahririyat 1 daqiqa

Poytaxtimizda yangi oliy ta'lim muassasasi faoliyati yo'lga qo'yiladi. "Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish to'g'risida"gi prezident qarori imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq, yangi tashkil etilayotgan oliygoh davlat oliy ta'lim tashkiloti maqomiga ega bo'lib, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida o'z faoliyatini yuritadi.

Akademiyaning tashkil etilish tartibi va talabalar uchun imkoniyatlar

Ushbu akademiya Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda akademiyasi bilan birgalikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturi negizida barpo etiladi. Belgilangan tartibga ko'ra, mazkur qo'shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishlarini yangi akademiyada davom ettiradilar va bitiruvchilarga akademiya diplomi beriladi.

O'quv jarayonlari 2026/2027 o'quv yilidan boshlanishi rejalashtirilgan bo'lib, talabalarni o'qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlari bilan bir qatorda, muassasaning o'z ta'lim dasturlari asosida bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berilgan.

Dual ta'lim va texnikum bitiruvchilari uchun imtiyozlar

2027/2028 o'quv yilidan boshlab korxona hamda tashkilotlar buyurtmasi asosida to'qimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal yo'nalishlarida maqsadli kadrlar tayyorlashga qaratilgan dual ta'lim shakli amalda joriy etiladi. Bundan tashqari, davlat buyurtmasi asosida turli tashkilotlar va xizmatlar uchun kiyim-kechak dizaynlarini akademiya bazasida ishlab chiqish hamda milliy brendlarni shakllantirish yo'lga qo'yiladi.

Qarorda yengil sanoat sohasi uchun mutaxassislar tayyorlovchi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ham alohida imkoniyat berilishi ko'rsatilgan. 2027/2028 o'quv yilidan boshlab ballar o'rtacha qiymati akademiya tomonidan belgilangan ko'rsatkichdan kam bo'lmagan shunday bitiruvchilar bakalavriatning uchinchi bosqichidan o'qishni to'lov-kontrakt asosida davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.

Talabalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida 2028-yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o'rinli talabalar turar joyini qurib, foydalanishga topshirish nazarda tutilgan. Ungacha esa institutdan akademiyaga o'qishi ko'chirib o'tkaziladigan talabalar uchun institut talabalar turar joyidan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi