Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda yaponshunoslik bo'yicha xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yaponshunoslikning dolzarb masalalariga bag'ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy anjuman o'tkazildi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy anjumanga mezbonlik qildi. Transformatsiya davrida global muammolar yechimi: yaponshunoslikning nazariy va amaliy masalalari mavzusida o'tgan tadbirda Yaponiya, Polsha, Vetnam, Qirg'iziston va Mongoliyadan kelgan yetakchi mutaxassislar, olimlar va tadqiqotchilar jam bo'ldi.

Yig'inni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi. Shuningdek, Yaponiyaning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kenji Xirata ikki mamlakat o'rtasida ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Ilmiy ma'ruzalar va muhokamalar

Yalpi majlisda xalqaro darajada tan olingan olimlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Jumladan, Vaseda universiteti professori Seyji Fukushima Yaponiyaning chet elliklarga nisbatan siyosati va xorijda yapon tilini o'qitish tendensiyalariga to'xtaldi. Adam Mitskevich universiteti professori Beata Bochorodыch zamonaviy yaponshunoslikning dolzarb muammolari va imkoniyatlarini tahlil qildi. Tokio chet tillari universiteti professori Shizuo Shimada esa yapon an'anaviy san'ati – kabukining o'ziga xos jihatlarini bayon etdi.

Anjuman doirasida uchta yo'nalish bo'yicha muhokamalar tashkil etildi. Birinchi yo'nalishda yapon tilini o'qitishning zamonaviy usullari markazda bo'ldi. Unda sun'iy intellektdan foydalanish, video kontent orqali ta'lim berish, shuningdek fonetika va grammatik ko'nikmalarni shakllantirishning yangi yondashuvlari muhokama qilindi. Mazkur yo'nalishda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti, Yaponshunoslik oliy maktabi rahbari Nodira Xolmirzayeva Vazifaga asoslangan yapon tili ta'limi doirasida xalqaro talabalar almashinuvi loyihasi mavzusida ma'ruza qildi. Unda talabalarning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish, amaliy ta'limni kuchaytirish va akademik almashinuvni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Hamkorlik va kelgusidagi vazifalar

Ikkinchi yo'nalishda iqtisodiyot, tarix, jamiyat va siyosat masalalari muhokama qilindi. Yamagata universiteti professori Tadashi Onodera tadbirkorlik ta'limi modellari asosida kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini ko'rsatib berdi. Professor Dilafruz Ikromova esa O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi iqtisodiy va ta'lim sohasidagi aloqalar, shuningdek, mehnat migratsiyasining zamonaviy tendensiyalarini tahlil qildi.

Uchinchi yo'nalish tilshunoslik, adabiyot va tarjima masalalariga bag'ishlandi. Mutaxassislar yapon va o'zbek adabiyotidagi madaniy jihatlar, maqollar tarjimasida madaniyat transferi, zamonaviy yapon adabiyoti tahlili hamda yapon tilidagi inkor ifodalarining lingvistik xususiyatlari haqida fikr almashdi.

Davra suhbati yakunida universitet prorektori, professor Durbek Sayfullayev xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo'shma tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish va innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Mazkur tadbir yaponshunoslik sohasida ilmiy muloqot va tajriba almashish uchun samarali platforma sifatida O'zbekiston – Yaponiya o'rtasidagi ta'lim va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi