Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Uchko'prik tumanida Navro'z bayrami munosabati bilan yangi maktab binolari foydalanishga topshirildi

Navro'z bayrami kunlari Uchko'prik tumanida davlat investitsiya dasturi asosida yangi maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Navro'z bayrami kunlari Uchko'prik tumanidagi "To'qsonqovun" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 35-umumta'lim maktabi uchun 420 o'ringa mo'ljallangan 3 qavatli yangi o'quv binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur loyiha davlat investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan bo'lib, unga 7 milliard 200 million so'm mablag' sarflandi. Shuningdek, ta'lim muassasasining mavjud 340 o'rinli binosi mukammal ta'mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirildi va hududda yangi mini stadion ham o'quvchilar ixtiyoriga berildi.

Yakkamulla mahallasidagi yangi bino

Shu bilan birga, "Yakkamulla" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan mazkur maktabning yana bir barcha qulayliklarga ega bo'lgan binosi o'quvchilarga sovg'a qilindi. 1965-yilda qurilgan va 90 o'ringa mo'ljallangan eski bino foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelib qolgani sababli, investitsiya dasturi asosida 120 o'rinli zamonaviy bino qisqa fursatda qurib bitkazildi. Bu hudud aholisi va ota-onalar uchun katta quvonch olib keldi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi