Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Prezident qaroriga binoan Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi berilib, “Yalla” ansambli tashkil etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yil 15-aprelda imzolangan “O'zbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targ'ib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga O'zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov nomi beriladigan bo'ldi.

Yangi tashabbuslar va mahorat maktablari

Ta'lim maskanida “Yalla” nomli bolalar ansambli o'z faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda an'anaviy “ustoz-shogird” tizimi asosida estrada yo'nalishidagi ijrochilik mahorat maktablari faoliyati yo'lga qo'yiladi. Maktabning badiiy-pedagogik kengashi qaroriga ko'ra, mazkur mahorat maktabining ustoz-ijodkorlari Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan har oyda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida rag'batlantirib borilishi belgilandi.

Boshlangan ishlar doirasida 2026/2027 o'quv yilidan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 3 nafardan iqtidorli o'quvchilar tanlab olinadi. Ulardan iborat maxsus guruh shakllantirilib, ta'til davrida yozgi to'garakka jalb qilinadi va estrada xonandaligi bo'yicha bepul maxsus kurslarda o'qitiladi.

Moddiy-texnik baza va targ'ibot

Belgilangan vazifalarga asosan, 2026/2027 o'quv yiligacha ta'lim muassasasida zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi barpo etiladi. Shuningdek, u zarur sahna jihozlari hamda liboslar bilan to'liq ta'minlanadi.

Kelgusida mazkur maktab hamda yozgi to'garak mashg'ulotlariga jalb qilingan iqtidorli o'quvchilarning ijodiy namunalari respublika televideniyesi va xalqaro onlayn platformalar orqali keng jamoatchilikka namoyish etib boriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi