Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'rta maxsus ta'limda sertifikati bor o'quvchilar davlat imtihonidan ozod etiladi

O'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasi tartibiga o'zgartirishlar kiritildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Adliya vazirligi o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarni davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Mazkur hujjat 2026 yil 19 mart kuni 2011-5-son bilan ro'yxatga olingan.

Imtiyozlar va eksternat tartibi

Kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta'lim fanlari bo'yicha milliy hamda xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar ushbu fanlardan davlat imtihonlarini topshirishdan ozod etiladi. Bunda ularga maksimal ball beriladi. Shuningdek, yakuniy attestatsiya sinovlarini uch yil mobaynida ham topshirmagan o'quvchilar uchun davlat namunasidagi shahodatnomani olish maqsadida eksternat tartibida yakuniy attestatsiyadan o'tish huquqi belgilandi.

Apellyatsiya tartibi

Yangi tartibda apellyatsiya masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi. O'quvchilar davlat imtihoni natijalari e'lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, apellyatsiya shikoyatini ko'rib chiqish jarayonida o'quvchining davlat imtihonida olgan ballini pasaytirishga yo'l qo'yilmaydi. Mazkur o'zgartishlar o'quvchilar uchun qo'shimcha qulaylik yaratish, baholash jarayonida shaffoflikni ta'minlash va sertifikatga ega yoshlarni rag'batlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi