Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoroda o'tkazilgan xalqaro matematika va kimyo olimpiadalari g'oliblari taqdirlandi

Buxoroda ilk bor tashkil etilgan BIMO–2026 va BICHO–2026 xalqaro olimpiadalari o'z yakuniga yetdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoroda ilk bor o'tkazilgan “Bukhara International Mathematics Olympiad (BIMO–2026)” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad (BICHO–2026)” xalqaro fan olimpiadalari yakuniga yetdi. Ushbu nufuzli musobaqalarda yurtimiz hamda xorijiy davlatlar OTMlaridan tashrif buyurgan jamoalar o'z bilimini sinovdan o'tkazdi.

Kimyo olimpiadasi natijalari

“BICHO–2026” xalqaro kimyo olimpiadasida jami 41 ta jamoa raqobatlashdi. Unda Andijon davlat texnika instituti, Buxoro davlat universiteti, Magtymguly Turkmen State University hamda Rossiya xalqlar do'stligi universiteti jamoalari superkubokni qo'lga kiritdi. Musobaqa davomida ishtirokchilarga jami 19 ta oltin, 26 ta kumush va 40 ta bronza medali topshirildi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti talabalari yakka tartibda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lib, Excellence in Chemical Data Interpretation nominatsiyasi hamda kimyo fani bo'yicha superkubok sovriniga loyiq topildi.

Matematika olimpiadasi natijalari

“BIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasida esa 54 ta jamoa qatnashdi. Mazkur musobaqada Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti, Rossiya xalqlar do'stligi universiteti, Andijon davlat universiteti, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti hamda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jamoalari superkubok bilan taqdirlandi. Yakunda ishtirokchilarga 29 ta oltin, 46 ta kumush va 56 ta bronza medali berildi. Mezbon sifatida qatnashgan Buxoro davlat universiteti talabalari yakka tartibda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Jamoaviy bahslarda esa “BukhSU” jamoasi Best Teamwork and Strategy Award, “Vertex” jamoasi esa Outstanding Logical Reasoning Award nominatsiyalarida g'olib chiqdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi