Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xivada Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochiladi

Prezident ishtirokidagi taqdimotda Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filialini ochish va dual ta'lim tizimini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta'limni tashkil qilish hamda Lyaonin pedagogika universitetining O'zbekistdagi filiali faoliyatini yo'lga qo'yish masalalari bo'yicha o'tkazilgan taqdimot bilan tanishdi.

Dual ta'lim tizimi va xorijiy tajriba

Iqtisodiyot tarmoqlari amaliy ko'nikmaga ega mutaxassislarga muhtojligi sababli, talabalarning nazariy bilimlarini korxonalardagi amaliy mashg'ulotlar bilan bog'lash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Uch oy oldin 10 nafar rektor Germaniya tajribasini o'rganish uchun yuborilgan edi. Ushbu mamlakatda bitiruvchilarning 70-75 foizi o'zi amaliyot o'tagan korxonada ishda qolishi inobatga olinib, Germaniya tajribasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish vazifasi qo'yildi.

Hozirda Andijon viloyatida 11 ming nafar talaba 2 mingta korxonada dual ta'lim asosida amaliyot o'tamoqda. Davlat rahbari barcha rektorlarni Andijonga yuborib, ushbu tajribani joyida o'rganishni topshirdi. Germaniyada bo'lgan rektorlar hududlar hokimlariga biriktirilib, dual ta'limni tashkil etish bo'yicha aniq strategiya va ilmiy asoslangan takliflar tayyorlaydi.

Qamrov va yangi rejalar

Uchinchi va to'rtinchi bosqich talabalarining kamida 80 foizini, ya'ni 185 ming nafar yoshni dual ta'lim bilan qamrab olish ko'zlangan. Dastlab muhandislik, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo'jaligi sohalariga ustuvorlik beriladi. 2027/2028 o'quv yilida ushbu shakldagi ta'limga 75 ta oliygoh va 3,5 mingta korxonani jalb qilib, 12,5 ming nafar talaba uchun o'qish va amaliyotni birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan.

Yangi modelga ko'ra, oliygoh, korxona va talaba o'rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida yo'lga qo'yiladi. O'quv dasturi korxona ehtiyojiga moslashtirilib, talabaga ish joyida malakali murabbiy biriktiriladi. Amaliyot o'qish bilan bir vaqtda yoki soha xususiyatidan kelib chiqib alohida davrda tashkil etilishi mumkin.

Talabalarni amaliyotga qabul qilgan, ular uchun sharoit yaratgan va keyinchalik ishga joylagan korxonalarni rag'batlantirish choralari ko'rib chiqildi. Jumladan, talabaga to'langan ish haqining 50 foizini subsidiya sifatida qoplash, bojxona to'lovlari va amortizatsiya bo'yicha imtiyozlar berish, 25 nafardan ortiq talabani amaliyotga olgan korxonalarga davlat xaridlarida preferensiyalar qo'llash taklif qilinmoqda. Bunday qo'llab-quvvatlashni raqamli platforma orqali amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi