Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ohangaron shahridagi davlat bog'chasida bola vafoti yuzasidan jinoiy ish ochildi

Ohangarondagi davlat bog'chasida bolaning hasharotlarga qarshi vositadan zaharlanib vafot etgani yuzasidan jinoyat ish qo'zg'atildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo'lgan fojiali holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, mazkur muassasa tarbiyalanuvchisi vafot etgan.

Aniqlanishicha, 2023-yil 16-iyulda tug'ilgan o'g'il bola joriy yilning 28-avgust kuni bog'cha oshxonasida qarovsiz qolgan hasharotlarga qarshi vositani iste'mol qilishi natijasida og'ir zaharlangan. Shifokorlar tomonidan shahar tibbiyot birlashmasida zarur tibbiy muolajalar ko'rsatilishiga qaramasdan, jajji bola 30-avgust kuni hayotdan ko'z yumgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda

Sodir bo'lgan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi, ya'ni kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi doirasida bir nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilgani ma'lum qilindi.

Bosh prokuratura tergov natijalari bo'yicha qo'shimcha axborot berilishini va aniqlangan har bir holatga qonuniy huquqiy baho berilishini ma'lum qildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi