Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xorazmda Ma'mun universiteti huzurida yangi ilmiy-tadqiqot markazi ochildi

Ma'mun universiteti huzurida zamonaviy laboratoriyalarga ega yangi Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish markazi ishga tushirildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi Ma'mun universiteti qoshida yangi Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish markazining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur markazning tantanali ochilish marosimida mamlakatda ilm-fan hamda innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Yangi tashkil etilgan markaz tarkibida raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, tarix, tibbiyot va psixologiya yo'nalishlarini qamrab oluvchi zamonaviy laboratoriyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu laboratoriyalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlashi hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mutaxassislar mazkur maskan ta'lim sifatini oshirish bilan birga, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishini ta'kidladilar. Rossiyalik professor Vladimir Kazlov oliygohdagi ilmiy muhit va zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan laboratoriyalar dunyoda kam uchrashini e'tirof etib, yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Ma'lumot uchun, 2019 yilda davlat ro'yxatidan o'tgan va 2021 yildan rasmiy faoliyat boshlagan Ma'mun universiteti infratuzilmasiga 20 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Hozirgi kunda oliygohda 12 500 nafardan ziyod talaba tahsil olayotgan bo'lib, ularga 248 nafar professor-o'qituvchi ta'lim bermoqda. Universitetning ilmiy salohiyati darajasi 68,8 foizni tashkil etadi.

Ta'lim muassasasida 5 ta fakultet hamda 12 ta kafedra ishlab turibdi. O'quv jarayoni o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Talabalar uchun zamonaviy o'quv binolari, elektron kutubxona, sport infratuzilmasi va talabalar turar joylari barpo etilgan. Shuningdek, oliygoh olimlari tomonidan shu kungacha 48 ta darslik, 45 ta monografiya va 84 ta o'quv qo'llanma nashr etilgan. Shuningdek, xalqaro va respublika jurnallarida 800 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo'lib, ularning ayrimlari Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi