Yangi O'zbekiston universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining yig'ilishi o'tkazildi
Yangi O'zbekiston universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yangi O'zbekiston universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda Myunxen texnika universiteti, Robert Bosch GmbH, Nexperia, STADA Arzneimittel AG hamda Berlin University Alliance vakillari qatnashdi. Shuningdek, Energetika vazirligi, «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, «O'zsanoatqurilishbank», ADM Global, Uzum, TBC va Octobank rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Muhokama qilingan masalalar
Yig'ilish doirasida universitet o'quv dasturlarini sanoat tarmoqlari talablariga moslashtirish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, qo'shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish, ilmiy ishlanmalarni amaliy sektorga joriy qilish ishlari muhokama markazida bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, davlat rahbarining ta'lim sohasi vakillari bilan o'tkazgan uchrashuvida oliy ta'lim muassasalari kuzatuv kengashlariga ilg'or mahalliy hamda xorijiy kompaniyalarni a'zo sifatida jalb etish ustuvor vazifa etib belgilangan edi. Yangi O'zbekiston universitetidagi ushbu muloqot ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida mustahkam integratsiyani shakllantirishga qaratilgan amaliy qadamlardan biridir.
Manba: Kun.uz



