Buxorolik tarix fani o'qituvchisi malaka sinovida oliy toifani qo'lga kiritdi
Kogon tumanidagi maktabning tarix fani o'qituvchisi Nigina Ismatova malaka sinovida 92 ball to'plab, oliy toifaga ega chiqdi.

Tajribali ustoz faoliyati va erishgan natijalari
Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 2-umumta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi bo'lib ishlab kelayotgan Nigina Ismatova ta'lim sohasida 9 yillik tajribaga ega. Pedagog dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va samarali metodik usullarni qo'llashga intiladi. Bu esa o'quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda tarixiy tafakkurini shakllantirish, shuningdek, fanga bo'lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Faoliyati davomida turli tanlovlar va malaka sinovlarida faol qatnashib kelayotgan ustoz 2025/2026 o'quv yilida tashkil etilgan navbatdan tashqari malaka sinovlarida muvaffaqiyatli qatnashdi. U mazkur sinovlarda 92 ball to'plashga erishib, o'zining oliy toifasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Shogirdlar yutuqlari va ularning ko'rsatkichlari
O'qituvchi mehnatining asosiy samarasi uning shogirdlari erishayotgan yutuqlarda ham namoyon bo'lmoqda. N. Ismatova tomonidan tashkil etilgan qo'shimcha mashg'ulotlarga qamrab olingan 30 nafardan ortiq o'quvchi o'qishni muvaffaqiyatli tamomlab, oliy ta'lim muassasalari talabasi bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi.
Mazkur yoshlar orasida tarix fani bo'yicha maxsus milliy sertifikatni qo'lga kiritganlar, nufuzli fan olimpiadalari hamda turli intellektual tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o'quvchilar talaygina. Ustoz yosh avlodga chuqur bilim berish, ularni mustaqil ravishda izlanishga yo'naltirishni o'zkasbiy faoliyatining bosh mezoni deb biladi.
Manba: UzA


