Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2026-2027 o'quv yili uchun 1-sinfga qabul qilish tartibi va muddatlari tasdiqlandi

Maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari onlayn tarzda ikki bosqichda amalga oshirilishi belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yangi o'quv yili uchun umumta'lim maktablarining 1-sinfiga bolalarni qabul qilish jarayonlari bo'yicha muhim o'zgarishlar va muddatlar e'lon qilindi. Joriy yilda davlat xizmati orqali qabul qilinadigan tuman va shaharlar soni 135 taga yetkazildi, avval bu ko'rsatkich 64 tani tashkil etgan edi. Shuningdek, jarayon qamrab olingan maktablar soni ham kengaytirilib, 5689 taga yetkazildi.

Qabul platformalari va muddatlari

Ota-onalar farzandlarini maktabga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining elektron xizmatlari portali (my.maktab.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.

Arizalarni qabul qilish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • 2026 yil 20 iyundan 31 iyulga qadar o'quvchilar o'zlari biriktirilgan mikrohudud doirasida ro'yxatga olinadi.
  • 1 avgustdan 31 avgustga qadar esa mikrohududdan tashqari hududlar uchun arizalar qabul qilinadi.

Yosh mezonlari

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, bolalar maktabning 1-sinfiga ular 7 yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi. Unga ko'ra, 2026-2027 o'quv yili uchun 2019 yilning 31 dekabriga qadar tug'ilgan bolalar birinchi sinfga qabul qilinishi belgilab qo'yildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi