Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish jarayoni boshlandi

Joriy yil 1-iyuldan maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga onlayn qabul qilish jarayoni boshlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yil 1-iyuldan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2026-yilgi 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish jarayoni rasman boshlandi. Abituriyentlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) onlayn tarzda ro'yxatdan o'tib, respublikadagi 570 ta texnikumning kunduzgi yoki dual ta'lim shakllariga hujjat topshirishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish tartibi va yo'nalishlar

Onlayn ro'yxatdan o'tishda tug'ilganlik haqidagi guvohnoma (o'quvchining 3x4 hajmdagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma'lumotlari hamda maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to'g'risidagi elektron shahodatnoma ma'lumotlari kiritiladi. Joriy qabul doirasida 9-sinf bitiruvchilari uchun 166 ta kasb-hunar yo'nalishi bo'yicha hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan.

Umumiy qabul kvotasi 202 657 o'rinni tashkil etadi. Qayd etilishicha, 9-sinf bitiruvchilari uchun ajratilgan barcha qabul o'rinlari to'liq davlat granti asosida shakllantirilgan. Shuningdek, 14 ta Ilg'or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo'yicha ham qabul amalga oshiriladi. Ushbu ta'lim muassasalari uchun umumiy qabul kvotasi 1 760 ta bo'lib, shundan 1 640 tasi davlat granti asosida ajratilgan. Mutasaddilar abituriyentlarga hujjatlarni belgilangan muddatda elektron platforma orqali rasmiylashtirishni tavsiya etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi