Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Al-Jabr xalqaro maktabi Markaziy Osiyo olimpiadasiga mezbonlik qildi

O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistondan 300 ga yaqin o'quvchi ishtirok etgan xalqaro fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Sun Life oromgohida o'tkazilgan xalqaro musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistondan 300 ga yaqin o'quvchi ishtirok etdi. Mazkur tadbirda o'quvchilar matematika, IT, mental arifmetika, ingliz, arab va rus tili fanlari bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdi.

Al-Jabr xalqaro maktabi direktori Matluba Karaxodjayevaning ta'kidlashicha, ta'lim muassasasi o'quvchilari avvalgi yillarda ham ko'plab nufuzli xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan. Bu yil esa maktab ilk bor mezbon sifatida Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi xalqaro olimpiadani tashkil etdi.

Musobaqaning asosiy maqsadlari

Bellashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad har bir o'quvchiga o'z bilimini sinab ko'rish, xalqaro tajriba orttirish va oldiga yanada yuqori marralarni qo'yish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Shuningdek, bu yil olimpiada dasturiga ilk bor IT yo'nalishi ham kiritildi.

Ushbu olimpiadaning yana bir muhim jihati shundaki, unda qo'shni davlatlar bilan bir qatorda O'zbekistonning barcha hududlaridan ham o'quvchilar qatnashdi. Natijada tadbir yuzlab iqtidorli yoshlarni birlashtirgan ilmiy bellashuv maydoniga aylandi. Jarayonlarni ota-onalar bevosita kuzatdi. Ular farzandlarining bilim saviyasi, masalalarni yechish uslubi, sahnadagi ishonchi va raqobat muhitidagi faolligiga yaqindan guvoh bo'ldi. Bu esa o'quvchilar uchun qo'shimcha motivatsiya bo'lib, mas'uliyat hissini yanada oshirdi.

Qayd etilishicha, mazkur bellashuv g'oliblari joriy yilning oktyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi