Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichlari nihoyasiga yetdi

Respublika bo'ylab 7-8 sinf o'quvchilari o'rtasida Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman va shahar bosqichlari tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yilning 28-30 yanvar kunlari yurtimiz bo'ylab 7-8 sinf o'quvchilari o'rtasida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichlari bo'lib o'tdi. Mazkur bellashuvlar aniq va tabiiy fanlar yo'nalishida tashkil etildi.

Olimipiadaning asosiy maqsadi va yo'nalishlari

Ushbu ta'lim tadbiri yoshlarning fanlarga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularning mantiqiy tafakkuri, tahliliy fikrlashi va bilimlarni amaliy qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Musobaqa yakunlariga ko'ra, har bir sinfdan fanlar kesimida 1-, 2- va 3-o'rinlarni egallagan o'quvchilar navbatdagi viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.

Jumladan, Navoiy viloyati bo'yicha o'tkazilgan olimpiadaning tuman va shahar bosqichlarida jami 3688 nafar o'quvchi o'z bilimini sinovdan o'tkazdi. Ishtirokchilarning fanlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha ko'rinish oldi:

  • matematika yo'nalishida 1431 nafar o'quvchi;
  • informatika yo'nalishida 855 nafar o'quvchi;
  • tabiiy fanlar yo'nalishida 1402 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi