Al-Xorazmiy olimpiadasi: O'zbekiston o'quvchilari 61 ta medalni qo'lga kiritdi
Toshkent viloyatida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi "Renessans" oromgohida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
G'oliblar va taqdirlash jarayoni
Tadbir davomida maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova, vazir o'rinbosarlari, mas'ullar hamda faxriy mehmon sifatida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O'zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov qatnashib, barcha ishtirokchilarni tabrikladi.
Mazkur nufuzli olimpiadada O'zbekiston terma jamoasi jami 61 ta medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shundan 11 tasi oltin, 22 tasi kumush va 28 tasi bronza medallaridan iborat bo'ldi.
Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi mazkur fanlar bo'yicha joriy yilning iyul oyida o'tkaziladigan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) hamda Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)ga navbatdagi muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini bajaradi.
Manba: UzA


