Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijonda aniq va tabiiy fanlarni o'qitish masalalari muhokama qilindi

Andijon viloyati pedagogik mahorat markazida STEAM yondashuvi asosida aniq va tabiiy fanlarni o'qitishga bag'ishlangan respublika anjumani bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon viloyati pedagogik mahorat markazida aniq va tabiiy fanlarni o'qitishning zamonaviy qirralariga bag'ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. "STEAM yondashuvi asosida aniq va tabiiy fanlarni o'qitish: muammo, yechim va kamchiliklar" mavzusidagi mazkur tadbirda mamlakatimizdagi turli ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, ilmiy darajali mutaxassislar hamda amaliyotchi pedagoglar qatnashdi.

Tadbirning ochilish qismida Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Tursunali Turg'unov, shuningdek, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nodira Shotursunova va boshqalar so'zga chiqdi. Ular mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, jumladan, aniq va tabiiy fanlarni o'qitish jarayoniga ilg'or va zamonaviy uslublarni tatbiq etish hamda pedagoglarning bilim va malakasini oshirish yo'nalishida keng ko'lamli ishlar olib borilayotganini qayd etdi.

Ilmiy muhokamalar va xalqaro tajriba

Anjuman davomida aniq va tabiiy fanlarni o'qitishda yangicha fikrlashni shakllantirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash masalalari keng muhokama qilindi. Konferensiyada Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti va boshqa qator ilmiy muassasalar vakillari o'z ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Ma'ruzalarda aniq va tabiiy fanlarni o'qitishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, biologik kimyo yo'nalishi hamda ta'limning boshqa dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikrlar bildirildi. Shuningdek, xorijiy davlatlar vakillari, jumladan, Boku slavyan universiteti va Ozarbayjon universiteti dotsenti, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Shohismoil Ismoilov hamda Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti Guba filiali direktori o'rinbosari, pedagogika fanlari doktori Aysel Sheydayeva onlayn tarzda o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, mavzu doirasidagi ilmiy yondashuv va tajribalar bilan o'rtoqlashdi.

Mazkur ilmiy-amaliy muloqot maydoni ustoz pedagoglar tajribasi, olimlarning ilmiy qarashlari va amaliyotchi o'qituvchilarning izlanishlarini o'rganish, ta'limning buguni hamda kelajagini muhokama qilish orqali ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi