Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijonda “Jasorat maktablari” 5-sinfiga nomzodlar uchun testlar o'tkazildi

Andijon shahrida “Jasorat maktablari”ning 5-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlar uchun saralash test sinovlari tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyati bo'limida 2026/2027 o'quv yili uchun “Jasorat maktablari”ning 5-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlar ishtirokida saralashning birinchi bosqich test sinovlari bo'lib o'tdi.

Imtihon jarayonlari boshlanishidan avval mutasaddi idoralar rahbarlari hamda mas'ullar ishtirokida ota-onalar va nomzodlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda sinovlar adolat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o'tkazilayotgani ta'kidlanib, yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Shuningdek, garnizon harbiy orkestrining chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ma'lumot o'rnida qayd etilishicha, respublika bo'yicha joriy yilda “Jasorat maktablari”ga onlayn tarzda 25 ming 513 nafar talabgor ariza topshirgan bo'lib, shundan 23 ming 253 nafarining hujjati qabul qilingan. Ularning 16 ming 349 nafari o'g'il bolalar, 6 ming 904 nafari esa qizlarni tashkil etadi. Nizom talablariga mos kelmagani sababli 2 ming 260 nafar talabgorning arizasi rad etilgan. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan hujjat topshirganlar soni 7 ming 72 nafarga oshganini va mazkur ta'lim muassasalariga qiziqish kuchayganini ko'rsatadi.

Andijon viloyatidagi test sinovlarining birinchi smenasida 1 ming 887 nafar nomzod qatnashishi rejalashtirilgan edi. Ulardan 1 ming 481 nafari sinovlarda qatnashgan bo'lsa, 406 nafar nomzod turli sabablarga ko'ra imtihonga kelmadi. Sinov jarayonlari belgilangan tartibga muvofiq davom etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi