Zakovat intellektual o'yinining 2025/26 o'quv yili liga g'oliblari taqdirlandi
Zakovat intellektual o'yinining O'quvchilar, Talaba-o'quvchilar hamda Talabalar ligasining 2025/26 o'quv yili g'oliblari aniqlanib, taqdirlandi.

G'olib jamoalar taqdirlash marosimi
To'qqiz oy davom etgan "Zakovat" intellektual o'yinining 2025/26 o'quv yili O'quvchilar, Talaba-o'quvchilar va Talabalar ligalarining eng faol va bilimdon g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Ligalar bo'yicha natijalar
Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar quyidagi o'rinlarni qo'lga kiritdi:
- O'quvchilar ligasi: 1-o'rin Ishtixon tumanidagi 48-maktabning "Lemniskata", 2-o'rin Pop tumanidagi 67-maktabning "Junior", 3-o'rin Termiz shahridagi 9-maktab jamoasiga nasib etdi.
- Talaba-o'quvchilar ligasi: 1-o'rinni Marhamat tumanidagi 1-sonli texnikum jamoasi, 2-o'rinni Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyining "Legist", 3-o'rinni Ichki ishlar vazirligi Farg'ona akademik litseyining "Dominator" jamoasi egalladi.
- Talabalar ligasi: 1-o'rin O'zbekiston Milliy universitetining "Oybek va uning jamoasi", 2-o'rin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 3-o'rin Fan va texnologiyalar universitetining "USAT" jamoasiga berildi.
Musobaqa yakunida barcha sovrindor jamoalarga maxsus diplomlar hamda planshetlar topshirildi.
Manba: UzA



