Ayrim texnikumlar nomini o'zgartirish bo'yicha o'zgartishlar kiritilmoqda
Loyihaga asosan respublikadagi bir qator texnikumlar nomini o'zgartirish va tahrirlash nazarda tutilmoqda.
Tayyorlanayotgan loyihaga ko'ra, qayta tashkil etiladigan texnikumlar ro'yxatiga tegishli o'zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan. Jumladan, hujjatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg'ona viloyatlari hamda Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi qator ta'lim muassasalarining nomlanishini yangi tahrirda tasdiqlash taklif qilingan.
Hududlar kesimidagi o'zgarishlar
Taklif etilayotgan loyihaga binoan ro'yxatning ayrim pozitsiyalaridagi ta'lim muassasalari nomlari quyidagicha belgilanmoqda:
- 11-pozitsiyadagi texnikum nomi “Bo'zatov tuman 2-son texnikumi” deb yuritilishi ko'zda tutilgan.
- 56-pozitsiyada “Andijon pedagogika texnikumi”, shuningdek, 59-pozitsiyada “Andijon ilg'or kasbiy mahorat texnikumi” nomlari keltirilgan.
- 156-pozitsiyadagi ta'lim maskani “Jizzax ilg'or kasbiy mahorat texnikumi”, 174-pozitsiyadagisi esa “Sharof Rashidov tuman 3-son texnikumi” deb o'zgartirilishi rejalashtirilgan. 295-pozitsiyada “Namangan ilg'or kasbiy mahorat texnikumi”, 303-pozitsiyada esa “Uchqo'rg'on tuman 4-son texnikumi” qayd etilgan.
- Sirdaryo viloyati bo'yicha 381-pozitsiyani “Sirdaryo ilg'or kasbiy mahorat texnikumi”, 395-pozitsiyani esa “Sirdaryo tuman 1-son texnikumi” sifatida ko'rsatish nazarda tutilgan.
Janubiy va vodiya viloyatlaridagi o'zgartirishlar
Surxondaryo viloyatida 429-pozitsiyadagi muassasa “Muzrabot tuman 1-son texnikumi”, 437-pozitsiyadagisi esa “Surxondaryo ilg'or kasbiy mahorat texnikumi” deb tahrirlanishi kutilmoqda. Farg'ona viloyati bo'yicha 571-pozitsiya yangi tahrirda keltirilib, “Farg'ona soliq texnikumi” o'rniga quvvati 450 bo'lgan “Farg'ona ilg'or kasbiy mahorat texnikumi” nomi ko'rsatilmoqda. Shuningdek, 576-pozitsiyadagi texnikum nomi “Farg'ona shahar 5-son texnikumi” deb belgilanishi taklif qilingan.
Manba: Kun.uz

