Boka tumanining olis Qoldoshtepa mahallasida yangi oilaviy bogchalar ochildi
Boka tumanining olis Qoldoshtepa mahallasida tadbirkorlar tomonidan yangi oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari faoliyati yolga qoyildi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bolalar talimi va tarbiyasida oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkilotlarining roli muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday muassasalarda bolalarning yoshiga mos dasturlar asosida tarbiya ishlari tashkil etilib, oyin orqalioqitish, nutqni rivojlantirish, ijodiy mashgulotlar, jismoniy hamda manaviy tarbiyaga alohida etibor qaratiladi. Shuningdek, kam sonli guruhlar orqali har bir tarbiyalanuvchiga individual yondashuv taminlanishi ota-onalar uchun qulaylik yaratadi. Ayniqsa, bunday maskanlarning olis hududlarda ochilishi talim qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Boka tumanidagi yangi tashabbuslar
Xususan, Boka tumanining eng olis hududlaridan biri bolgan Qoldoshtepa mahallasida ikki nafar tadbirkor tomonidan shunday oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkiloti ish boshladi. Bu jarayonda Toshkent viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga zarur imkoniyatlar yaratib berildi.
Hududdagi bogchalar statistikasi
Tuman masullarining malumotiga kora, Boka tumanida shu kungacha jami 114 ta maktabgacha talim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 24 tasi davlat bogchasi, 84 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha talim tashkiloti hamda 4 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi muassasalarni tashkil etadi.
Qoldoshtepa mahallasida shu paytgacha bogcha bolmagani sababli aholi farzandarini olisdagi maskinlarga olib borishga majbur bolgan edi. Endilikda mazkur hududda yaratilgan qulayliklar evaziga 100 nafar ogil-qiz zamonaviy talim maskanlariga qamrab olinishi taminlandi.
Manba: UzA


