Tezkor
•Buxoro davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish va yangi infratuzilmani yaratish ishlari ko'zdan kechirildi•Prezident asarlari va kitob-albomlari Harvard universiteti kutubxonasiga topshirildi•Sho'rchi tumanida maktab bitiruvchilari va o'qituvchilar bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda•Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari Qarshi davlat universitetida tajriba almashdi•Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va tojikistonlik oliygoh hamkorlik o'rnatdi•Nurota tumanida ta'lim sifati va o'quvchilar yutuqlari oshmoqda•Texnikumlarni tadbirkorlarga berish va xorijda ishga joylashganlarga grant ajratish tizimi yaratiladi•Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda•Urganch davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni ochildi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda•Buxoro davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish va yangi infratuzilmani yaratish ishlari ko'zdan kechirildi•Prezident asarlari va kitob-albomlari Harvard universiteti kutubxonasiga topshirildi•Sho'rchi tumanida maktab bitiruvchilari va o'qituvchilar bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda•Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari Qarshi davlat universitetida tajriba almashdi•Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va tojikistonlik oliygoh hamkorlik o'rnatdi•Nurota tumanida ta'lim sifati va o'quvchilar yutuqlari oshmoqda•Texnikumlarni tadbirkorlarga berish va xorijda ishga joylashganlarga grant ajratish tizimi yaratiladi•Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda•Urganch davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni ochildi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda

Buxoro davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish va yangi infratuzilmani yaratish ishlari ko'zdan kechirildi

Ta'lim va ilm-fan vaziri o'rinbosari Sanjar Mirzaliyev Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari faoliyati faqatgina talabalarga bilim berish bilan cheklanmay, ilm-fan, innovatsiya va raqamli texnologiyalarni uyg'unlashtirishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Buxoro davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Ta'lim va ilm-fan vaziri o'rinbosari Sanjar Mirzaliyev universitetga tashrifi davomida mazkur yo'nalishlardagi ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Zamonaviy infratuzilma va raqamli xizmatlar

Dastlab Registrator ofisi faoliyati ko'zdan kechirildi. "Yagona darcha" tamoyili asosida ishlayotgan bu yerda raqamlashtirilgan tizim orqali talabalarga 60 turdagi xizmat ko'rsatilib, ma'muriy jarayonlar soddalashtirilmoqda. Shuningdek, dars jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi markazlashgan Situatsion markaz hamda 2700 o'rinli yangi o'quv binosidagi sharoitlar o'rganildi.

Reklama

Tashrif davomida robototexnika va sun'iy intellekt sohasidagi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratildi. "Robots and Me" markazi hamda Robototexnika va sun'iy intellekt akademiyasida yoshlarni dasturlash, muhandislik yo'nalishlariga jalb etish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash ko'nikmalari shakllantirilmoqda. Vazir o'rinbosari Axborot-resurs markazi fondi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan birga, futbol maydonida sport bilan shug'ullanish imkoniyatlarini ham ko'zdan kechirdi.

Moliyaviy resurslar va yangi kampus loyihasi

Universitetda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari sezilarli resurslarni talab etgan bo'lib, oliy ta'lim muassasasining o'z mablag'lari hisobidan 86,5 milliard so'm yo'naltirildi. Bu mablag' evaziga yangi o'quv binosi, Quyosh fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi hamda 400 o'rinli talabalar turar joyi barpo etildi.

Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan 30,2 gektar maydonda bunyod etilayotgan Buxoro davlat universitetining yangi zamonaviy kampusi istiqbollariga ham e'tibor qaratildi. Mazkur yirik loyiha doirasida 20 ming o'rinli o'quv binolari va 5400 o'rinli talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilgan bo'lib, bu universitet taraqqiyotida muhim bosqich bo'lishi kutilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi