Tezkor
•Buxoro davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish va yangi infratuzilmani yaratish ishlari ko'zdan kechirildi•Prezident asarlari va kitob-albomlari Harvard universiteti kutubxonasiga topshirildi•Sho'rchi tumanida maktab bitiruvchilari va o'qituvchilar bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda•Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari Qarshi davlat universitetida tajriba almashdi•Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va tojikistonlik oliygoh hamkorlik o'rnatdi•Nurota tumanida ta'lim sifati va o'quvchilar yutuqlari oshmoqda•Texnikumlarni tadbirkorlarga berish va xorijda ishga joylashganlarga grant ajratish tizimi yaratiladi•Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda•Urganch davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni ochildi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda•Buxoro davlat universitetida ta'lim sifatini oshirish va yangi infratuzilmani yaratish ishlari ko'zdan kechirildi•Prezident asarlari va kitob-albomlari Harvard universiteti kutubxonasiga topshirildi•Sho'rchi tumanida maktab bitiruvchilari va o'qituvchilar bilan ochiq muloqotlar o'tkazilmoqda•Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari Qarshi davlat universitetida tajriba almashdi•Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va tojikistonlik oliygoh hamkorlik o'rnatdi•Nurota tumanida ta'lim sifati va o'quvchilar yutuqlari oshmoqda•Texnikumlarni tadbirkorlarga berish va xorijda ishga joylashganlarga grant ajratish tizimi yaratiladi•Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda•Urganch davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni ochildi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda

Prezident asarlari va kitob-albomlari Harvard universiteti kutubxonasiga topshirildi

O'zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida Harvard universitetiga Prezident asarlari va kitob-albomlari taqdim etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi, Barqaror rivojlanish markazi, Toshkent shahar xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash markazi hamda xalqaro Business Diplomat missiyasi vakillaridan iborat delegatsiya AQShga safari doirasida Harvard universitetida bo'ldi. Safar davomida delegatsiya a'zolari mazkur oliy ta'lim muassasasining faoliyati bilan tanishishdi.

Tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilida chop etilgan "Yangi O'zbekistonning "yashil" taraqqiyot yo'li" kitobi, "Shavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi", "Mustaqillik zafarnomasi" hamda "Yangi O'zbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bag'rikenglik diyori" nomli kitob-albomlari universitet kutubxonasiga topshirildi.

Ilmiy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirish yo'lidagi qadam

Reklama

Ta Taqdim etilgan nashrlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ekologik barqarorlik va "yashil" taraqqiyot borasidagi tashabbuslar, tashqi siyosat, mustaqillik yillaridagi rivojlanish yo'li hamda boy madaniy merosga oid ma'lumotlar o'rin olgan.

Harvard universitetining noyob kitoblar va qo'lyozmalarga ixtisoslashgan Xouton kutubxonasi (Houghton Library) vakili Kristina Jeykobson (Christine Jacobson) mazkur nashrlar O'zbekiston haqidagi bilimlarni xalqaro akademik muhitda kengaytirishga xizmat qilishini alohida ta'kidlab o'tdi. Ushbu tashabbus O'zbekiston va xorijiy ilmiy-ma'rifiy muassasalar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi