Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoroda o'qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi

Buxoroda 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoro shahrida 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur marosimda maktabgacha, umumiy o'rta va professional ta'lim maskanlari pedagoglari, davlat hamda nodavlat OTMlarining professor-o'qituvchilari, soha vakillari va faxriylar jam bo'lishdi.

Tadbir davomida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so'zga chiqib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, yosh avlodni bilimli, vatanparvar va yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashdagi fidokorona mehnati alohida e'tirof etildi. Mamlakatimizda ta'lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, sifatni oshirish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda pedagoglar oldida turgan mas'uliyatli vazifalar haqida to'xtalib o'tildi.

Ta'lim fidoyilari taqdirlandi

Tantanali bayram doirasida ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatini yuksaltirishga munosib ulush qo'shib kelayotgan bir guruh professor-o'qituvchilar hamda pedagoglarga viloyat hokimining esdalik sovg'alari va tashakkurnomalari topshirildi. Bundan tashqari, faol ustozlarga «Xalq ta'limi a'lochisi» hamda «Ijtimoiy himoya fidoyisi» ko'krak nishonlari tantanali ravishda taqdim etildi.

Uchrashuvda jamiyat hayotida ustozlarning tutgan o'rni va yoshlar kamolotidagi sharafli faoliyati yana bir bor e'tirof etildi. Bayram tadbiri san'atkorlar va ijodkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom ettirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi