Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoroda Rossiya instituti bilan ta'lim sohasida hamkorlik kengaymoqda

Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi va A.S.Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Rossiyaning A.S.Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti rektori, filologiya fanlari nomzodi Nikita Gusev boshchiligidagi delegatsiya Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida mehmon bo'ldi. Muloqot davomida pedagog kadrlar malakasini oshirish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda ilmiy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mehmonlar markaz faoliyati, zamonaviy shart-sharoitlarga ega o'quv auditoriyalari hamda o'qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish yo'nalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, uchrashuv doirasida yoshlarni ilm-fanga jalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini qo'llab-quvvatlashga mo'ljallangan "Kelajak olimlari" ("Uchyonыye buduego") xalqaro loyihasining taqdimoti o'tkazildi.

Tashrifning eng muhim bosqichi sifatida Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi va A.S.Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat doirasida pedagoglarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish, tajriba almashish, qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, seminar-treninglar hamda qo'shma ilmiy-metodik tadbirlarni o'tkazish ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu kabi qo'shma tashabbuslar hududda ta'lim sifatini oshirish va zamonaviy metodikalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi