Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Davlat maktablari va ta'lim tizimidagi mavjud muammolar muhokama qilindi

Pedagog va huquqshunos Hamid Sodiq davlat maktablaridagi tarbiyaviy masalalar, o'quvchilar va o'qituvchilar taqsimoti hamda tizimdagi muammolar haqida fikr bildirdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Pedagog va huquqshunos Hamid Sodiq internetda tarqalayotgan maktab mojarolari ta'lim muassasalaridagi haqiqiy holatning kichik bir qismigina ekanini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, maktablardagi bolalar bilan bog'liq og'ir jinoyatlar va axloqiy masalalar ko'pincha yashirin qoladi, bu haqda faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, maktab direktori hamda sinf rahbarlari xabardor bo'ladi, xolos.

Mutaxassis davlat maktablari bir vaqtning o'zida ham kuchli o'qituvchilarini, ham iqtidorli o'quvchilarini yo'qotganini ta'kidlaydi. Prezident maktablariga axloqi va dunyoqarashi bo'yicha eng sara o'quvchilar ketgani, ular sinflardagi mo'tadillikni ta'minlab turgani aytildi. Ikkinchi bosqichda esa xususiy maktablarga yaxshi o'quvchilar bilan birga kuchli o'qituvchilar ham o'tib ketgan. Natijada davlat maktablarida kambag'allashish jarayoni yuzaga kelib, bu jinoyatchilikning oshishi va o'qituvchilarga bo'lgan munosabatga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Davlat maktablarining asosiy vazifasi o'zgargani haqida

Hozirgi kunda davlat maktablari millionlab bolalarni ertalab soat 8 dan tushdan keyingi soat 13 gacha ma'lum bir hududda saqlab turish vazifasini bajarib qolgani qayd etildi. Bunga sabab sifatida o'quvchilar maktab bilan bog'lanmasdan turib ham sertifikatlar olib o'qishga kirishi yoki kasb egallashi mumkinligi ko'rsatib o'tildi. Bu kabi kompleks muammolar davlat maktablarini og'ir ahvolsa solib qo'ygani aytildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ta'limga aralashuvi

Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari maktabga qancha ko'p aralashsa, ta'lim maskani shuncha qamoqxonaga o'xshab qolishi ta'kidlandi. Xususan, Milliy gvardiya xodimlari maktablarga qo'yilganda 11-sinf o'quvchilari o'rtasida qancha janjallar bo'lgani, xususiy va prezident maktablariga esa bunday organlar bormasligi, chunki u yerda bu kabi muammolar yo'qligi bildirildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi