Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farg'onada yoshlarning nufuzli xorijiy OTMlarda o'qishini qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Farg'ona viloyatida iqtidorli yoshlarga xorijiy oliygohlarda o'qish va "El-yurt umidi" jamg'armasi imkoniyatlari tanishtirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Farg'ona viloyatida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishiga ko'maklashish hamda "El-yurt umidi" jamg'armasi imkoniyatlarini keng targ'ib etishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Viloyat axborot-kutubxona markazida o'tkazilgan tadbirda Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Sherzod Polvonov, Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali rahbari Ahad Akbarov va jamg'arma vakillari qatnashdi. Muloqot davomida OTM talabalari, texnikum o'quvchilari, maktab bitiruvchilari hamda xorijda o'qish istagida bo'lgan yoshlarga jamg'armaning stipendiya dasturlari, tanlov shartlari va yetakchi xorijiy universitetlardagi imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.

Prezident maktabida ochiq muloqot

Shuningdek, Farg'ona shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan ham ochiq muloqot uyushtirildi. Unda iqtidorli yoshlarning xalqaro ta'lim dasturlarida faol ishtirok etishini ta'minlash masalalariga e'tibor qaratildi. Xorijda egallangan bilim va tajribani mamlakatimiz taraqqiyotiga yo'naltirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarning xalqaro ta'lim imkoniyatlari haqidagi tushunchalarini boyitish, ularni aniq maqsadlar sari intilishga undash hamda kelgusida malakali mutaxassis bo'lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi