Ilhom Siradjev ta'lim va ilm-fan vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi
Prezident farmoni va qarori bilan Ilhom Tohirovich Siradjev ta'lim va ilm-fan vazirining o'rinbosari etib tayinlandi.
Ta’lim siyosati
Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O'zbekiston Respublikasi ta'lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyati
U mazkur lavozimga kelguniga qadar Prezident administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish bo'yicha o'rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Ilhom Siradjev 2025-yil sentabrda Prezident administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Mutaxassis o'z faoliyati davomida quyidagi mas'ul vazifalarda mehnat qilgan:
- 2006-2017 yillarda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar o'quvchilar texnik ijodiyot markazida turli lavozimlar;
- 2017-2023 yillarda Xalq ta'limi vazirligi bosh iqtisodchisi;
- Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig'i;
- Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig'i;
- Moliya departamenti direktori.
Manba: Kun.uz

