Prezident administratsiyasi huzurida maxsus ishchi guruh tuzilmoqda
Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta'lim strategiyasi bo'yicha umummilliy konsepsiya ishlab chiqiladi.
Prezident administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta'lim strategiyasi bo'yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiquvchi maxsus ishchi guruh tuzilmoqda. Bu haqda O'zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.
Davlat rahbari Ta'lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to'g'risidagi farmonni imzolash jarayonida ta'lim sifatini oshirish, sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo'llash, bozor talablariga mos ta'limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifalarini belgilab bergan edi.
Ishchi guruh tarkibi va rahbarligi
Ma'lum qilinishicha, mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun tuzilayotgan maxsus ishchi guruhga tadbirkor Zafar Hoshimov jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi. Guruh tarkibiga ta'lim muassasalarini yo'lga qo'yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega bo'lgan tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb etilishi ko'zda tutilgan.
Manba: Kun.uz