Istanbul shahrida Ozbekistonning xorijdagi ilk maktabi qurilishi boshlandi
Anqarada ozbekistonliklar barpo etgan turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda esa Ozbekistonning xorijdagi birinchi maktabi qurilishiga start berildi.
Anqara shahriga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogon Hatay viloyatida qad rostlagan Ozbekiston turar joy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Zilzila va ozbekistonliklarning yordami
Tadbir davomida Ozbekiston rahbari uch yil avval Turkiyada yuz bergan vayronkor zilzila qardosh turk xalqi uchun ogir sinov bolganini qayd etdi. Owa fojiali kunlarning boshidanoq mamlakatimiz Turkiyaga har tomonlama kop qirrali yordam korsatgani malum qilindi.
Jumladan, qisqa fursat ichida 100 nafar ozbekistonlik qutqaruvchi hamda 70 nafar tibbiyot xodimi ofat hududiga yetib bordi. Qidiruv-qutqaruv amaliyotlari chogida 18 kishi tirik holda qutqarib qolindi, 200 nafarga yaqin jabrlanganlar vayronalar ostidan chiqarildi. Shuningdek, tashkil etilgan dala shifoxonasi orqali 4 ming nafar bemorga malakali tibbiy yordam korsatildi.
Ozbekiston turar joy majmuasining ochilishi
Marosimda Turkiya prezidenti tashabbusi bilan zilzila oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan keng kolamli dasturlar bajarilayotganini malum qildi. Hozirgacha mamlakatda 455 mingdan ortiq uy-joylar qurib bitkazilgani ta'kidlandi.
Ozbekiston ham oz zimmasiga olingan majburiyatlar doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida 300 dan ziyod toliq jihozlangan xonadondan iborat, jami 24 ta kop qavatli uyni oz ichiga olgan, barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy turar joy majmuasini qisqa muddatda barpo etdi. Turkiya rahbari ushbu majmua ozbek va turk xalqlari ortasidagi abadiy dostlik va birodarlikning ramzi ekanini aytdi.
Yetakchilar loyihada ishtirok etgan quruvchilar, muhandislar, ishchilar va barcha hamkorlarga minnatdorlik bildirib, yangi xonadonlar kalitlarini egalariga tantanali ravishda topshirdilar.
Istanbulda ozbek maktabi qurilishi
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Istanbul shahrining Bekirkyoy tumanida ozbek maktabi qurilishiga ham rasman start berdilar. Mazkur talim dargohi Ozbekistonning xorijdagi birinchi maktabi bolishi belgilandi.
Manba: Kun.uz


