Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

JIDU akademik litseyi o'quvchilari Shveysariyadagi xalqaro tashkilotlar va universitetda bo'ldi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o'quvchilari Shveysariyada ta'lim safari bilan bo'ldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o'quvchilaridan iborat delegatsiya Shveysariyaga uyushtirilgan ta'lim safari doirasida Jeneva shahridagi nufuzli ta'lim dargohlari va xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jahon savdo tashkiloti qarorgohiga tashrif

Delegatsiya a'zolari Jahon savdo tashkiloti qarorgohida bo'lishdi. Joriy yilda mazkur tarixiy binoning 100 yilligi nishonlanayotgani tashrifga alohida ahamiyat kasb etdi. O'quvchilar xalqaro savdo tizimida tashkilotning tutgan o'rni, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ldilar. Shu bilan birga, qarorgoh binosining me'moriy qiymati, tashkilot tarixi va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdagi o'rniga bag'ishlangan maxsus taqdimotda ishtirok etdilar.

Jeneva universiteti bilan tanishuv

Shundan so'ng delegatsiya Jeneva universitetida bo'lib, oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot faoliyati, o'quv jarayoni va xalqaro ta'lim dasturlarini o'rgandi. Universitet mutaxassislari o'quvchilarga ta'lim maskanining tarixi, fakultetlari, qabul qilish tartibi hamda chet ellik talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan atroflicha ma'lumot taqdim etdilar. Uchrashuv davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xorijda o'qish istiqbollari borasida fikr almashdilar.

Madaniy dastur va diplomatik uchrashuv

Ta'lim safari doirasida o'quvchilar Shveysariyaning boy madaniy va tarixiy merosi bilan ham tanishishdi. Ular Jeneva shahridagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasida bo'lib, diplomatik vakolatxona faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, Alp tog'lari bag'riga sayohat qilib, Jenevaning mashhur bog'lari, tarixiy hamda sayyohlik maskanlarini ziyorat etdilar va mamlakatning tabiati bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday safarlar va uchrashuvlar yoshlarning global iqtisodiyot, xalqaro tashkilotlar, diplomatiya va jahon ta'lim tizimi haqidagi tasavvurlarini boyitishga, shuningdek, ularning dunyoqarashi hamda kelgusidagi akademik va kasbiy maqsadlarini belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda JIDU akademik litseyi o'quvchilarining Yevropadagi ta'lim safari keyingi manzil bo'lgan Germaniyada davom etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi