Jizzaxlik 11 yoshli maktab o'quvchisi ingliz tili bo'yicha B2 sertifikatini qo'lga kiritdi
Zomin tumanidagi ixtisoslasgan maktabning 11 yoshli o'quvchisi Abdulqodir Muhammadijonov B2 darajasidagi xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi.
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ixtisoslashgan maktab o'quvchisi bo'lgan Abdulqodir Muhammadijonov 2025 yil yozida, 11 yoshga to'lgan davrida chet tilini bilish darajasi bo'yicha B2 sertifikatiga ega bo'ldi.
Oilasi va o'qish jarayoni
Abdulqodir oddiy oilada tug'ilib o'sgan. Uning otasi Laziz Mahmudov tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi, onasi Sevara Mahmudova esa bog'cha tarbiyachisi bo'lib mehnat qiladi. Abdulqodir maktabga o'z tengqurlariga qaraganda biroz ertaroq, ya'ni 6 yoshida qabul qilingan.
Kelajakdagi rejalar
O'quvchining JASUR ENGLISH o'quv markazidagi uststozi Jasur Axmurodovning ta'kidlashicha, Abdulqodirning asosiy maqsadi kelgusida Amerika Qo'shma Shtatlarining nufuzli oliy o'quv yurtlarida tahsil olishdir. Aynan shu maqsad uning ingliz tiliga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirgan.
Ayni paytda mazkur o'quv markazida bilim olishni davom ettirayotgan o'quvchi oldiga yangi maqsad qo'ygan. U CEFR imtihonida yana o'zini sinab ko'rib, bu safar C1 darajasidagi sertifikatni qo'lga kiritishni rejalashtirgan.
Manba: Kun.uz


