Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ko'zi ojiz abituriyentlarni OTMga o'qishga qabul qilish tartibi qanday

Ko'zi ojiz abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga maxsus tartibda imtihon topshirib, qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy ta'limga kirish yoshlar hayotidagi muhim bosqich sanaladi. Davlat imkoniyati cheklangan shaxslarning ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida maxsus qabul shartlarini joriy etgan. Unga ko'ra, ko'zi ojiz abituriyentlar davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish imtihonlarini ta'lim yo'nalishiga mos fanlar majmuasi bo'yicha topshiradilar.

Imtihon jarayonlari va shakli

Sinovlar ko'p balli yoki besh balli baholash tizimi asosida an'anaviy tarzda o'tkaziladi. Bunda fanlar bo'yicha imtihonlar yozma yoki og'zaki shaklda bo'lishi har bir oliy ta'lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Sinovlar har yili iyul oyida OTM qabul komissiyalari e'lon qilgan muddatlarda tashkil etiladi.

O'qishga qabul qilish mezonlari

Imtihonlarda muvaffaqiyatli qatnashgan abituriyentlar uchun alohida imtiyozlar ko'zda tutilgan. Ko'p balli baholash tizimida maksimal ballning kamida 55 foizini to'plaganlar yoki besh balli tizimda «3», «4», shuningdek «5» baho olganlar tanlovsiz talabalikka tavsiya etiladi. Bunday abituriyentlar Davlat komissiyasi qaroriga asosan OTM rektori yoki direktori buyrug'i bilan qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadi. Bu kabi qoidalar ko'zi ojiz yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ta'limda teng sharoit yaratishga yo'naltirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi