Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy o'quv yurtlarining bo'sh o'rinlari uchun qabul boshlandi

Oliy ta'lim muassasalarida to'lmay qolgan vakant o'rinlar uchun abituriyentlardan arizalar qabuli boshlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Oliy ta'lim vazirligi joriy yilda abituriyentlar eng ko'p tanlagan oliygohlar va yo'nalishlarni ma'lum qildi. Unga ko'ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti eng yuqori qiziqishga ega bo'lgan ta'lim muassasalari qatoridan joy oldi. Shuningdek, «Davolash ishi», «Iqtisodiyot» va «Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili» yo'nalishlariga abituriyentlar ko'p qiziqish bildirgan. Joriy yilgi qabul natijalariga ko'ra, davlat granti asosida o'rtacha o'tish balli 134,6 ballni tashkil etgan bo'lsa, to'lov-kontrakt asosida o'rtacha o'tish balli 93,7 ballni tashkil qildi.

Vakant o'rinlar uchun ariza topshirish tartibi

Oliy ta'lim tashkilotlarida to'lmay qolgan vakant o'rinlar uchun abituriyentlardan ariza qabul qilish jarayoni boshlangan bo'lib, u 28-avgustgacha davom etadi. Kirish imtihonlarida kamida 56,7 ball to'plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shuningdek, tanlov bosqichida OTM va ta'lim yo'nalishini tanlamagan abituriyentlar ushbu jarayonda qatnashishi mumkin.

Nomzod o'zining fanlar majmuasiga mos keladigan ta'lim yo'nalishlarida bo'sh o'rinlar mavjud bo'lsa, 5 tagacha yo'nalish va oliy ta'lim muassasasini tanlash imkoniyatiga ega. Vakant o'rinlar uchun arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligining shaxsiy kabineti orqali qabul qilinadi. Abituriyentlar shaxsiy kabinetidagi «Vakant o'rinlar uchun ariza berish» bo'limi orqali tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi