Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktab bozorlarida narxlarni sun'iy oshirmaslik bo'yicha ogohlantirish berildi

Raqobat qo'mitasi maktab bozorlaridagi tadbirkorlarga mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik bo'yicha murojaat yo'lladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yangi o'quv yili oldidan respublika bo'ylab umumta'lim maktablari, savdo komplekslari va dehqon bozorlarida maxsus mavsumiy savdo nuqtalari faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu jarayonda tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlar narxining asosli bo'lishi, ularning sifati hamda iste'molchilar huquqlariga qat'iy rioya etish zarurligi qat'iy eslatib o'tildi.

Ota-onalarga tavsiyalar

Qo'mita xarid davrida ota-onalar va o'quvchilarga har bir mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa zarur ma'lumotlarga alohida e'tibor qaratishni tavsiya qildi. Xaridorlarga to'liq axborot berilishi va savdo qoidalariga amal qilinishi nazoratga olingan.

Agar fuqarolar savdo jarayonida narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlariga duch keladigan bo'lsa, Raqobat qo'mitasining maxsus 1159 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkinligi ma'lum qilindi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi