Toshkent shahrida Maktabgacha ta'limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi
Hukumat qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Maktabgacha ta'limni rivojlantirish mintaqaviy markazi o'z faoliyatini boshlaydi.
Maktab ta’limi
Hukumatning tegishli qarori bilan Toshkent shahrida Maktabgacha ta'limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etilishi belgilandi. Ushbu yangi markaz Toshkent shahridagi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida faoliyat yuritadi.
Markazning asosiy vazifalari
- maktabgacha ta'lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- YuNESKOga a'zo mamlakatlarning maktabgacha ta'lim dasturlari va usullari bilan bog'liq qo'shma tadqiqotlar o'tkazish;
- bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
- 2030-yilgacha maktabgacha ta'lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va davriy hisobotlar tayyorlash;
- maktabgacha ta'lim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro trening, seminar va konferensiyalarni tashkil etish.
Manba: Kun.uz

