Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktab o'quvchilari o'rtasidagi "Zakovat" turnirining respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi

Toshkent shahridagi "Zakovat arena"da umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasidagi "Zakovat" turnirining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Toshkent shahridagi "Zakovat arena" binosida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasidagi "Zakovat" turnirining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tadbir Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, "Zakovat intellektual klubi" NNT, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o'tkazildi. Yurtimiz tarixida ketma-ket beshinchi yil tashkil etilayotgan ushbu musobaqa tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarini o'z ichiga oldi.

Musobaqa bosqichlari va ishtirokchilar

Musobaqaning 13-17-aprel kunlari o'tkazilgan tuman (shahar) bosqichida 8 ming 174 ta maktab jamoasi va 57 ming 218 nafar o'quvchi qatnashdi. Shuningdek, 21-aprel kuni bo'lib o'tgan hududiy bosqichda 624 ta jamoa hamda 4 ming 368 nafar o'quvchi o'z bilimini sinovdan o'tkazdi. Hududiy bosqich natijalariga ko'ra, har bir hududdan uchtadan eng kuchli jamoalar respublika bosqichiga yo'llanma oldi. Yurtimiz bo'ylab jami 57 ming nafardan ortiq o'quvchi qatnashgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bosqichida eng kuchli 42 ta jamoa va 294 nafar o'quvchi Toshkent shahrida g'oliblik uchun bellashdi.

G'oliblar va imtiyozlar

Final o'yinlari yakuniga ko'ra quyidagi jamoalar sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi:

  • Birinchi o'rin: Ishtixon tumanidagi 48-sonli maktab jamoasi.
  • Ikkinchi o'rin: Namangan shahridagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi.
  • Uchinchi o'rin: Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi.

Tadbir davomida g'olib deb topilgan jamoalarning har bir a'zosiga hamda ularning murabbiylariga qimmatbaho noutbuklar sovg'a qilindi. Shuningdek, mazkur jamoalar a'zolari oliy ta'lim muassasalariga bazaviy to'lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz o'qishga qabul qilinishi belgilandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi