Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktab o'quvchilarining 25 foizdan ortig'i ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda

Toshkentda maktablarda sog'lom ovqatlanish muhitini rivojlantirishga bag'ishlangan ilk Milliy ekspertlar muloqoti o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yosh avlodning intellektual salohiyati va salomatligini ta'minlashda to'g'ri ovqatlanish hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu boisdan ham ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanish tizimini shakllantirish sog'liqni saqlash va ijtimoiy siyosatning eng muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan.

Toshkent shahrida BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda o'smirlar va bolalar uchun maktab ovqatlanishi hamda sog'lom oziq-ovqat muhitini rivojlantirishga bag'ishlangan ilk Milliy ekspertlar muloqoti bo'lib o'tdi. Tadbirda sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari muhokama qilindi.

Maktablardagi amaldagi holat va muammolar

O'tkazilgan tahlillarga ko'ra, maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanish odatlari ularning kelgusidagi hayot tarzi hamda salomatligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Biroq mamlakatdagi har 6 ta maktabdan faqat bittasida ovqatlantirish xizmati yo'lga qo'yilgan xolos. Qolgan ko'plab ta'lim muassasalarida esa tuz, shakar va yog' miqdori yuqori bo'lgan mahsulotlar erkin sotilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, o'smirlarning 25 foizdan ortig'i semizlik yoki ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bu holat kelgusida qandli diabet hamda yurak-qon tomir kasalliklari kabi surunkali xastaliklar kelib chiqish xavfini oshiradi. Mutaxassislar maktablarda nosog'lom oziq-ovqat muhiti saqlanib qolayotgani bolalarda to'g'ri ovqatlanish ko'nikmalarini hosil qilishga jiddiy to'siq bo'layotganini ta'kidlashdi.

Amaliy chora-tadbirlar va vazifalar

Ekspertlar muloqotida maktab ovqatlanishini rivojlantirish inson kapitaliga qaratilgan strategik sarmoya ekani qayd etildi. Bu bolalar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularning o'qishdagi natijalari va kelgusi mehnat samaradorligiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli sohaga oid yagona siyosat yuritish, standartlarni kuchaytirish va tarmoqlararo hamkorlikni ta'minlash dolzarb vazifa deb belgilandi.

Tadbir davomida o'smirlar ovqatlanishi va maktab oziq-ovqat muhitini baholash bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish, xavfsiz va sog'lom ovqatlanish tizimini tatbiq etish hamda bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi