Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda ekologik ta'lim va tarbiya jarayonlari yangi bosqichga ko'tarilmoqda

Mamlakatimizda ekologik madaniyatni yoshlardan boshlab shakllantirish, ta'lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda aholi o'rtasida ekologik odatlarni shakllantirish, ta'lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda eko-madaniyat sohasi uchun kadrlar tayyorlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayonda “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentning 2026-yil 25-martdagi “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta'lim, ilm-fan va targ'ibotni jadallashtirishga oid qarori ijrosi yuzasidan hududlarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

“Yashil” texnikumlar va oliy ta'limdagi yangiliklar

Qarorga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida “yashil” texnikumlar faoliyati yo'lga qo'yilib, ulardagi o'quvchilar soni 2030-yilga qadar 10 ming nafarga yetkazilishi belgilangan. Jumladan, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 2-sonli politexnikum 2026-2027 o'quv yilidan boshlab “yashil” texnikum sifatida ish boshlaydi va uning huzurida dendrologiya bog'lari barpo etiladi. Shuningdek, Jizzax politexnika institutida 2026-yil 1-sentabrga qadar yashil transformatsiya va iqlim o'zgarishi kafedrasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Maktab va bog'chalardagi ekologik targ'ibot

Ta'lim muassasalarida o'quvchi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish maqsadida turli tanlovlar hamda aksiyalar o'tkazilmoqda. Xususan, “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” tanlovining respublika bosqichida Sharof Rashidov tumanidagi 36-sonli maktabning “Eko-sfera” jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun “Yosh ekolog” ko'krak nishoni ta'sis etildi.

Maktabgacha ta'lim tizimida ham “Jajji ekolog” loyihasi doirasida bolalarga ilk yoshdan tabiatga ehtiyotkor munosabatni singdirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jizzax shahridagi 12-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bu borada “Ota-onalar bog'i”, “Eko-yo'lak” va qushlar uchun uyalar tashkil etilib, mashg'ulotlar ochiq havoda o'tkazilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi