Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktabgacha ta'lim yo'nalishida xalqaro tajribaga asoslangan dual ta'lim tizimi joriy etiladi

O'zbekistonda 2026/2027 o'quv yilidan boshlab maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha dual ta'lim shaklida bakalavrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo'yicha yangi qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, 2026/2027 o'quv yilidan e'tiboran davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlayotgan o'rta maxsus ma'lumotli pedagoglar uchun dual ta'lim shaklida o'qish yo'lga qo'yiladi.

Dual ta'lim shakli

  • O'qish to'lov-shartnoma asosida tashkil etilib, pedagoglar haftada bir kun pedagogika oliy ta'lim tashkilotida, besh kun esa maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat yuritadi.
  • Bu yo'nalishga davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kamida uch yil ishlab kelgan o'rta maxsus ma'lumotli pedagog kadrlar amaldagi tartibdagi test sinovlari orqali qabul qilinadi.
  • Qabul parametrlari hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va pedagoglar faqat o'z hudolidagi pedagogika OTMlariga qabul qilinadi.
  • O'qiyotgan pedagoglar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malaka oshirish kurslariga jalb etilmaydi.

Ta'lim jarayoni va xalqaro dasturlar

Bakalavriat bosqichida talabalarga zamonaviy ko'nikmalar berish bilan birga, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini o'tkazish va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha bilimlar ham o'rgatiladi. Shuningdek, talabalarning bilimlari har yili tasdiqlangan reja-jadval asosida tashqi diagnostikadan o'tkazib boriladi.

2028/2029 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston milliy pedagogika universitetida, 2029/2030 o'quv yilidan boshlab esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagogika OTMlarining xalqaro ta'lim dasturlari joriy etilgan bakalavriat yo'nalishlari bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul qatnashish imkoniyati beriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi