Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga o'tgan yili qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga 47 mingga yaqin murojaat kelib tushgani ma'lum qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'tgan yil davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimiga kelib tushgan murojaatlar soni 46 ming 909 tani tashkil etdi. Shuningdek, vazirlikning fuqarolar qabulxonasida 7 ming nafardan ortiq fuqaroning og'zaki murojaatlari qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining yig'ilishida ma'lum qilindi. Yig'ilishda deputatlar vazirlikning murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axborotini eshitdilar.

Murojaat bilan ishlash jarayonlari va zamonaviy vositalar

Vazirlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari “xalq bilan muloqot” tamoyili asosida ko'rib chiqilmoqda. Ota-onalar va xodimlar uchun ishonch telefoni faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, 2025-yilda Call-markaz orqali 52 mingdan ziyod fuqaroning qo'ng'irog'iga javob qaytarildi. Pedagog xodimlarning bevosita murojaat qilishini ta'minlash maqsadida maxsus telegram-bot ishga tushirilgan. Mazkur bot orqali o'qituvchilar malaka toifasi, kasbiy hamda menejerlik sertifikati, vazir jamg'armasi sinovlari, xorijiy til sertifikatlarining verifikatsiya holati va maxsus ustamalar bo'yicha ma'lumotlarni kuzatishlari mumkin.

Shu bilan birga, murojaatlar bilan ishlash bo'yicha vazir portali tashkil etilib, jamoatchilikka o'z takliflarini yuborish imkoniyati yaratilgan. Respublika bo'ylab tuman va shaharlarda sayyor qabullar ham o'tkazib kelinmoqda. Sohani raqamlashtirish doirasida fuqarolar uchun 10 dan ortiq raqamli xizmatlar yo'lga qo'yilib, qog'ozbozlikni kamaytirish va vaqtni tejashga erishilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar va vazifalar

Muhokamalar davomida aholi murojaatlari bilan ishlashda ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, deputat so'rovlariga o'z vaqtida javob berilmaslik hamda ko'plab murojaatlar yuzasidan faqat huquqiy tushuntirish berish bilan cheklanilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa takroriy murojaatlar ko'payishiga va muammolarning to'liq hal etilmay qolishiga sabab bo'layotgani qayd etildi. Yig'ilish yakunida xalq vakillari murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, xodimlar mas'uliyatini kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berdilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi