Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktablarda 12 yillik ta'lim tizimiga o'tish muddati hozircha noma'lum

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutasaddilari 12 yillik ta'limga o'tish bo'yicha aniq muddatlarni ma'lum qilmadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Toshkent shahrida 21 aprel kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. Tadbirda 12 yillik ta'lim tizimiga qachondan boshlab o'tilishi va uning ishlash tartibi haqida savollar berildi.

Vazirning birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov bu masala bo'yicha ko'plab muhokamalar ketayotganini bildirdi. Biroq vazirlik vakili 12 yillik ta'lim tizimi qachondan to'liq joriy etilishining aniq muddatini ochiqlamadi.

Rejaga muvofiq, kelgusida 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov bosqichini rasmiy ta'lim tizimiga kiritish ko'zda tutilgan. Buning asosiy maqsadi bolalarning maktabga bir xil tayyorgarlik darajasi bilan kelishini ta'minlashdan iborat.

Sherzod Karimovning ta'kidlashicha, har bir bola maktabga tayyor holda kelishi kerak, chunki uning keyingi o'qishi shu bosqichga bog'liq. Hozirda bog'chadan to'g'ridan to'g'ri maktabga kelish ko'rsatkichi 100 foizni tashkil etmaydi. Shuning uchun barchani yagona darajaga olib kelish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, tayyorlov bosqichida ta'lim sifatiga alohida e'tibor qaratilib, bolalarga faqat oliy ma'lumotli pedagoglar dars berishi talabi qo'yilishi ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, 2025 yil sentabrida o'sha vaqtdagi vazir o'rinbosari Sardor Rajabov respublikadagi maktablar 12 yillik umumiy o'rta ta'lim tizimiga o'tishini ma'lum qilgandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi