Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktablarda aniq va tabiiy fanlar guruhlarga bo'lib o'qitiladi hamda o'qituvchilar rag'batlantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi uchrashuvda maktab ta'limi va o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim tashabbuslar e'lon qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Yangi O'zbekiston» universitetida o'tkazilgan uchrashuvda ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni ma'lum qildi.

Fanlarni guruhlarga bo'lib o'qitish va ustamalar

Mamlakat iqtisodiyotini texnologik va innovatsion o'sish modeliga o'tkazish maqsadida o'quvchilarning maktabdanoq matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlarini chuqur o'zlashtirishi muhimligi ta'kidlandi. Shu bois, sinfdagi o'quvchilar soni 25 nafardan oshsa, mazkur aniq va tabiiy fanlar ikki guruhga bo'lingan holda o'qitilishi belgilandi.

Shuningdek, fundamental fanlar o'qituvchilarini qo'llab-quvvatlash uchun yangi rag'batlantirish tizimi yo'lga qo'yiladi. Unga ko'ra, milliy sertifikatga ega bo'lgan pedagoglarga 50 foiz miqdorida ustama to'lanadi. Har yili mamlakatdagi 208 ta tuman va shaharning eng ilg'or o'qituvchilariga 30 million so'mdan mukofot beriladi hamda yana 1 ming nafar o'qituvchi xorijda stajirovka o'tashi ta'minlanadi.

Pedagoglar uchun imtiyozlar va rag'batlar

Kamida 15 yillik pedagogik stajga ega bo'lgan o'qituvchilarning farzandlari oliy o'quv yurtlarida o'qishi uchun kontrakt to'lovlari bo'yicha foizsiz kreditlar ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikatlarni qo'lga kiritgan muallimlarning imtihon xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

Bundan tashqari, Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan ustozlarga to'g'ridan-to'g'ri oliy toifa beriladi. Ushbu tashabbuslar umumiy hisobda qariyb 100 ming nafarga yaqin o'qituvchi uchun munosib rag'bat bo'lishi qayd etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi