Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Maktablarda joriy etilayotgan 100 ballik baholash tizimi qanday ishlaydi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'quvchilar bilimini baholashning yangi 100 ballik tizimini taqdim etdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, ta'lim maskanlarida o'quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko'ra, choraklik natija 100 ball asosida shakllanadi. Yangi yondashuv o'quvchining faqat yod olgan ma'lumotini emas, balki mavzuni tushunishi, mustaqil fikrlashi va bilimidan amalda foydalana olishini kompleks baholashga qaratilgan.

100 ball qanday taqsimlanadi?

O'quvchining choraklik natijasi uchta asosiy qismdan iborat bo'lib, jami 100 ballni tashkil etadi:

  • 10 ball — o'quvchining darsdagi ishtiroki va o'zlashtirishi uchun formativ baholash orqali belgilanadi. Bunda xato yakuniy natija emas, balki o'rganish uchun imkoniyat sifatida qaraladi.
  • 50 ball — bob bo'yicha summativ baholash (BSB) hisobiga to'g'ri kelib, o'quvchining muayyan mavzu yoki bobni qay darajada o'zlashtirganini aniqlaydi.
  • 40 ball — chorak bo'yicha summativ baholash (CHSB) orqali shakllanib, butun chorak davomidagi umumiy bilim va amaliy ko'nikmalarni yakuniy baholaydi.

Yangi tizimning asosiy maqsadlari

Islohotning tub mohiyati o'quvchini faqat baho uchun o'qishga emas, bilimni tushunish va undan hayotda foydalanishga yo'naltirishdan iborat. Masalan, matematik formulani yodlash emas, uni masalani yechishda qo'llay olish muhim. Tarixiy sanalarni eslab qolish bilan birga, voqealar o'rtasidagi bog'liqlikni tushunish ham ahamiyatlidir.

Shuningdek, ota-onalar farzandining faqat yakuniy ko'rsatkichiga emas, balki natija qaysi bosqichlarda shakllangani va qaysi ko'nikmalarni rivojlantirishi kerakligiga e'tibor qaratishi mumkin. Baholash jarayoni o'quvchi, o'qituvchi va ota-ona o'rtasidagi muloqot uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi