Navoiy viloyatida Jasorat maktabiga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi
Navoiyda Jasorat maktabiga o'quvchilarni saralashning jismoniy tayyorgarlik sinovlari o'tkazilmoqda.

Navoiy viloyatida o'quvchilarni “Jasorat maktabi”ga saralab olish jarayonining ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo'lib o'tmoqda. Mazkur imtihonlar belgilangan mezonlar asosida tashkil etilib, talabgorlarning chidamliligi, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligi baholanmoqda.
Sinov jarayonida har bir nomzod besh turdagi jismoniy mashqni bajarishi belgilangan. Natijalar ellik ballik baholash tizimi orqali aniqlanib, ishtirokchilarning jismoniy salohiyati hamda belgilangan normativlarni bajarish darajasi hisobga olinmoqda.
Joriy o'quv yilida “Jasorat maktabi”ga qabul qilinish uchun viloyatdagi umumta'lim maktablarining to'rtinchi sinfini tamomlagan jami 854 nafar o'quvchi ariza topshirgan. Viloyatning o'n bir ta tuman va shahrida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”larga har bir hudud bo'yicha 26 nafardan o'quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Saralash jarayonlari belgilangan talablar asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Manba: UzA


