Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Norvegiya maktablari nima sababdan planshetlardan voz kechishni boshladi?

Norvegiya maktablarida o'quvchilarga planshet tarqatish tajribasi kutilgan natijani bermadi va bolalarning savodxonligi keskin pasayib ketdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Norvegiya ta'lim tizimida o'n yillik kuzatuvlar va xalqaro tadqiqotlar natijasida bolalarga erta yoshdan raqamli qurilmalar berilishi ularning o'qish va matnni tushunish qobiliyatini pasaytirib yuborgani aniqlandi. Mamlakat maktablarida bu boradagi siyosat tubdan o'zgartirila boshlandi.

Muvaffaqiyatsiz eksperiment natijalari

2016-yilda mamlakatning ko'p qismidagi maktablarda 5 yoshli boshlang'ich sinf o'quvchilariga bepul iPad va noutbuklar tarqatilgan edi. Sinfxonalardan an'anaviy daftar va kitoblar chiqarilib, ta'lim to'liq raqamli formatga o'tkazilgandi. Biroq 8-10 yil o'tib bu siyosat kutilmagan salbiy ta'sir ko'rsatdi.

PIRLS tadqiqotlariga ko'ra, norvegiyalik bolalarning ko'rsatkichlari keskin tushib ketgan. 2016-yildan buyon Norvegiya OECD mamlakatlari ichida o'qish savodxonligi eng tez yomonlashayotgan davlatga aylandi. Ta'lim vazirligi va tadqiqotchilar ma'lumotiga ko'ra, hozirda boshlang'ich maktabni tugatayotgan 15 mingdan ortiq o'quvchi bir nechta gapdan iborat oddiy matnlarni ham oxirigacha o'qiy olmaydi va uning mazmunini tushuntirishga qiynaladi. Mamlakat miqyosida 500 mingga yaqin odam kundalik hayotdagi oddiy matnli ma'lumotlarni o'qish va anglashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ekranlar va kitobxonlik madaniyati

O'tkazilgan so'rovnomalarda kitob o'qishni yaxshi ko'rishini aytgan bolalar foizi dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan birini qayd etdi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, planshetlar bolalarda matnni diqqat bilan o'qish o'rniga, tezlikda varaqlab o'tish ko'nikmasini shakllantirgan. Oqibatda o'quvchilar uzun matnlarda diqqatini 1-2 daqiqadan ortiq jamlay olmaydigan bo'lib qoldi.

Shuningdek, boshlang'ich sinfdan boshlab faqat klaviaturada yozishga o'rgangani sababli bolalarda qo'l motorikasi rivojlanmay qolgan. Ko'pchilik o'quvchilar oddiy qalam yoki ruchkani qo'lda to'g'ri ushlashni bilmaydi va qo'lda yozgan yozuvlarini o'qib bo'lmaydigan darajaga kelgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi