Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o'quv yili qabuliga bag'ishlangan anjuman o'tkazildi

Nukus davlat pedagogika institutida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida 2026-2027-o'quv yili qabul jarayonidagi yangiliklar ma'lum qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o'quv yili uchun qabul jarayoniga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ta'kidlanishicha, joriy yilgi qabulning asosiy yangiliklaridan biri bakalavriatning maktabgacha ta'lim yo'nalishida dual ta'limning yo'lga qo'yilishi hisoblanadi. Unga ko'ra, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlayotgan o'rta maxsus ma'lumotli pedagog kadrlar to'lov-kontrakt asosida haftada bir kun institutda, besh kun esa bog'chada o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Yangi ochilgan yo'nalishlar va mutaxassisliklar

Institutda yangi o'quv yili uchun bakalavriatda sun'iy intellekt, antropologiya va etnologiya yo'nalishlari ochilmoqda. Shuningdek, magistratura bosqichida kattalar ta'limi (andragogika), ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) hamda tarix mutaxassisliklari o'z faoliyatini boshlaydi.

Tadbirda joriy yilda davlat oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshirilishi ta'kidlandi. Bunda alohida iqtidor talab etiladigan yo'nalishlarga kasbiy ijodiy imtihonlar institutning o'zida o'tkaziladi. Boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari esa Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilangan joylarda tashkil etiladi va hozirda bunga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Abituriyentlar uchun qulayliklar

Abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga zarur huquqiy yo'l-yo'riqlar va maslahatlar berish, shuningdek, sohadagi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida institut qabul komissiyasi tarkibida koll-markazi doimiy faoliyat yuritishi yo'lga qo'yildi. Anjuman yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va faol jurnalistlarga bayram sovg'alari topshirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi