Nukuslik akademik litsey o'qituvchisi xalqaro tanlovda g'olib chiqdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi o'qituvchisi Fransiyadagi xalqaro tanlovda I darajali diplom va oltin medalni qo'lga kiritdi.

Fransiyaning Parij shahrida tashkil etilgan nufuzli “The Best Education Project Internationa” xalqaro tanlovida O'zbekiston vakili muvaffaqiyatli qatnashdi. Mazkur xalqaro bellashuvda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining fizika fani o'qituvchisi Gulchehra Bekniyazova g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Innovatsion yondashuv va xalqaro e'tirof
Pedagog mazkur xalqaro tanlovda o'zining ilmiy ishi bilan qatnashdi. U fizikani o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvni qo'llagan holda, haqiqiy va virtual laboratoriyalarni o'zaro uyg'unlashtirishga qaratilgan innovatsion ilmiy maqolasini taqdim etdi. Mazkur loyiha xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Taqdirlash jarayoni
Tan yakuniy natijalariga ko'ra, Gulchehra Bekniyazova yuqori natija ko'rsatib, I darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, unga Xalqaro fan, madaniyat va san'at akademiyasi (IASCA) tomonidan oltin medal hamda maxsus esdalik nishoni topshirildi.
Manba: UzA



