Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston tibbiyot ilm-faniga asos solgan buyuk akademiklar va ularning merosi

O'zbekistonda tibbiyot sohasida o'ziga xos ilmiy maktab yaratgan buyuk olimlar, akademiklar va ularning boy merosi haqida.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimining rivoji va xalqaro maydondagi yutuqlari o'z umrini ilm-fanga baxshida etgan fidoyi olimlarning mashaqqatli mehnati bilan bog'liq. O'zbekiston tibbiyotida o'ziga xos maktab yaratgan buyuk shaxslarning ilmiy merosi barchaga ibratdir.

Jarrohlik va transplantologiya maktablari

Jarrohlik ilmining rivojlanishi akademik Vosit Vohidov nomi bilan bog'liq bo'lib, u ko'krak qafasi va yurak jarrohligining eng murakkab operatsiyalarini amaliyotga joriy etgan. Bu an'anani davom ettirgan akademik O'ktam Oripov respublikamizda transplantologiya asoslarini yaratdi. Uning rahbarligida 1972-yilda O'zbekistonda ilk bor buyrak ko'chirib o'tkazish operatsiyasi amalga oshirildi, bu Markaziy Osiyo tibbiyotida ulkan burilish yasadi. Shuningdek, akademik Shavkat Karimov qon tomir va yurak jarrohligini yangi bosqichga ko'tarib, aorta va yirik arteriyalarda zamonaviy rekonstruktiv operatsiyalarni keng joriy etish borasida ulkan maktab yaratdi.

Fundamental fanlar va ilmiy maktablar

Tibbiyot fanining negizi bo'lgan fundamental yo'nalishlarda ham ko'plab nazariyotchilar yetishib chiqdi:

  • Akademik Komiljon Zufarov gistologiya ilmiy maktabini shakllantirib, elektron mikroskopik tadqiqotlarni yuqori bosqichga ko'tardi va o'zbek tilidagi "Gistologiya" darsligini yaratdi.
  • O'zbekiston Qahramoni, akademik Malika Abdullaxo'jayeva patologik anatomiya markazini tashkil etib, milliy kadrlar tayyorlashga ulkan hissa qo'shdi.
  • Akademik Yolqin To'raqulov qalqonsimon bez gormonlari va yod almashinuvini tadqiq etib, endokrinologiya va biokimyo sohasida xalqaro miqyosda e'tirof etilgan maktab yaratdi.
  • Akademik Nabi Majidov nevrologiya maktabini rivojlantirib, asab tizimi kasalliklarini davolash bo'yicha darsliklar yozdi.
  • Professorlar Hakim Zohidov va Nosir Ahmedov anatomiya fani rivojiga munosib hissa qo'shdi. Nosir Ahmedov yaratgan ikki jildli "Odam anatomiyasi" atlasi shifokorlar uchun asosiy bilim manbai bo'lib xizmat qilmoqda.
  • Professor Naima Mahmudova ijtimoiy gigiyena, sog'liqni saqlashni tashkil etish va bolalardagi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya masalalarida o'ziga xos maktab yaratdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi